Taqiqlangan joyga idish tashlagan yigit ikki yil o‘tib jarimaga tortildi

Taqiqlangan joyga idish tashlagan yigit ikki yil o‘tib jarimaga tortildi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi 22 yoshli fuqaro qoidani buzib, Tik-Tok’da mashhurlikka erishmoqchi bo‘lgan. Ammo uning bu orzusi qimmatga tushdi.

Taqiqlangan joyga atayin chiqindi tashlayotganini videoga olib, uni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan fuqaro ishi Andijon viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan tushuntirish ishlari olib borilib, qonunchilikka asosan chora ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!