Tanzila Norboyevaga yangi o‘rinbosar saylandi

Tanzila Norboyevaga yangi o‘rinbosar saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari etib saylandi.

Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

«Hurmatli hamkasblar, Senat Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili bo‘lishiga oid konstitusion norma mavjudligidan xabardorsiz. Shu bois senator Murat Kallibekovich Kamalovni Senat Raisi o‘rinbosari lavozimiga saylash to‘g‘risida taklif, Prezidentimiz tomonidan taqdimnoma kiritilgan», dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

Murat Kamalov 1955 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotga ega huquqshunos sifatida ko‘p yillar mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Joriy yil sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputati etib, 2 oktyabr kuni esa Jo‘qorg‘i Kengesning davlat rahbari ishtirokida o‘tgan navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi etib saylangan.

Majlisda senatorlar tomonidan M.Kamalov nomzodi bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Qonun talablariga muvofiq, yashirin ovoz berish orqali 72 ta ovoz bilan senator Murat Kallibekovich Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari etib saylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!