Taniqli uyg‘ur yozuvchisi Nurmuhammad To‘xti Shinjondagi qayta tarbiyalash lagerida vafot etdi. Bu haqda “Amerika Ovozi”ga adibning Kanadada quvg‘inda yashayotgan oila a’zolari ma’lum qildi, deb xabar beradi "Amerika ovozi".
Nashrning yozishicha, yozuvchi o‘tgan yili Xitoy hukumatining xavfsizlik xodimlari tomonidan o‘z uyidan olib ketilgan.
"To‘xtining nabirasi Barno Ilchiga ko‘ra, bobosining lagerda yoki u yerdan ozod bo‘lgach vafot etgani haqida aniq ma’lumot olinmagan. Shinjondagi qarindoshlarimiz telefonda gaplashishdan qo‘rqadi, ularni eshitib turishgan bo‘lishi mumkin, deydi Barno.
To‘xti qayta tarbiyalash lagerlarida tutqunlikda bo‘lgan yagona ziyoli emas. Pekin o‘z siyosatini ekstremizm tahdididan himoyalanish chorasi ekani haqida bong urmoqda.
Vashingtonda asoslangan inson huquqlari bo‘yicha tashkilot hisobotiga ko‘ra, uyg‘ur jamiyatining yuzlab jurnalistlari, talaba va ziyolilari hukumat lagerlarida qolmoqda.
Tadqiqotchi Genrik Shadzevskiyga ko‘ra, ziyolilarning chet eldan boshpana topgan qarindoshlari yaqinlarining taqdiri haqida deyarli hech narsa bilmaydi.
Olimlarga ko‘ra, Pekinning repressiya siyosati ortida uyg‘ur va ozchilikdan iborat boshqa musulmonlarning o‘zligini yo‘qotib yuborish maqsadi yotadi.
“Xorijdagi uyg‘urlarning vatan bilan aloqalarini uzib tashlash Shinjonning Xitoy Kommunistik partiyasiga itoatini mustahkamlash uchun qo‘l keladi. Gap faqat avtonom hududni emas, balki uning aholisini qayta shakllantirishda. Ya’ni, ham moddiy, ham ma’naviy-ruhiy me’yorlar asosida”, - deydi Shadzevskiy.
Xalqaro tashkilotlar, G‘arb mamlakatlari va AQSh Pekinning uyg‘ur va ozchilikni tashkil etuvchi boshqa musulmonlarga qarshi repressiyasini keskin qoralaydi.
O‘tgan haftada Tiananmen maydonida xitoyliklarning adolat talab qilib chiqqan namoyishiga 30 yil to‘ldi. Harbiy yo‘l bilan bostirilgan namoyishda yuzlab fuqaro halok bo‘lgan edi.
“Xitoy fuqarolari bugun zulmning yangi to‘lqini bilan yuzlashmoqda. Xususan, Kommunistik partiya rahbariyati uyg‘ur madaniyatini metodik yo‘l bilan bo‘g‘ib, Islom e’tiqodiga barham bermoqchi. Shu maqsadda bir milliondan ortiq musulmonlarni lagerlarda ushlab turibdi”, - deydi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo", deb yozadi nashr.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.
АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.