Taksi haydovchisi katta miqdordagi unutilgan pulni ayolga qaytardi

Taksi haydovchisi katta miqdordagi unutilgan pulni ayolga qaytardi

Moskvada taksi haydovchisi sifatida ishlayotgan Qirg‘iziston fuqarosi, pasportini va 1 million rubl miqdordagi pulini unutib qoldirgan taksi yo‘lovchisiga qaytardi.

Ayol haydovchiga minnatdorchilik bildirdi. Super.kg portalining ma’lumotiga ko‘ra, taksi haydovchisi 27 yoshli Nursulton Qaynazarov bo‘lgan. Yosh yigit 20 fevral oqshomida Domodedovo aeroportidan bir ayolni olib kelgan va u ayol katta miqdordagi summani unutib qoldirganini aytdi.

Shu bilan birga, u pulni 12 soatdan keyin ko‘rgan. U kechasi bilan ishlagan va unutilgan sumkani uyiga borganda ko‘rgan.

Nursultonning aytishicha sumkani o‘zida qoldirishni xohlamagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!