Tahlilchi AQShning Kaliningradni "vayron qilish" imkoniyatlarini baholadi

Tahlilchi AQShning Kaliningradni "vayron qilish" imkoniyatlarini baholadi

Demokratiyani himoya qilish jamg‘armasi qoshidagi Harbiy va siyosiy kuchlar markazi tahlilchisi Sheyn Preyzuoter Rossiya bilan urush boshlangan taqdirda AQSh Kaliningradning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini muvaffaqiyatli “sindirish”i uchun ko‘proq strategik qiruvchi samolyotlarga muhtojligini ma’lum qildi.

Bu haqda “Defence One” xabar bermoqda.

Ekspert AQSh mintaqasida mavjud bazalar, qarshi choralar va ittifoqchilar yetarli bo‘lmaydi deb hisoblamoqda.

"Kaliningradning birlashgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini mag‘lub etish uchun qiruvchi samolyotlarning katta ishtiroki talab etiladi", deydi Preyzuoter.

Unga ko‘ra, hozirda 140 ta samolyot xizmat ko‘rsatayotgan Amerika tomoniga 225 ta qiruvchi samolyot kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!