Taekvondochimiz Dilmurod Ma’rufjonov jahon chempionida oltin medalga sazovor bo‘ldi!

Taekvondochimiz Dilmurod Ma’rufjonov jahon chempionida oltin medalga sazovor bo‘ldi!

Koreya Republikasining Chuncheon shahrida o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega chiqdi. -45 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Dilmurod Ma’rufjonov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimiz murosasiz kechgan final bahsida meksikalik Xuan Rodrigesni 2:0 (18:15, 14:6) hisobida mag‘luboyatga uchratishga erishdi. Musobaqada ishtirok etayotgan qolgan sportchilarimizga ham mana shunday muvaffaqiyat tilan qolamiz. Barakalla, Dilmurod!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!