Tadbirkorning fil’mbop faoliyati...

A A A
Tadbirkorning fil’mbop faoliyati...

 

Qashqadaryo viloyatining olis Dehqonobodida xayrli ishga qo‘l urgan poytaxtlik tadbirkor xonavayron etilmoqda. Uning murojaatiga mahalliy mutasaddilar yetarlicha e’tibor qaratmayotir.

So‘zim shu va shular xususida.

Gapni bir boshdan boshlasak. 

...Toshkentning Sergeli tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan «FERULA TRADING» xususiy korxonasi rahbari Xirojiddin Ibragimovning olti-etti yil burun, aniqroq aytganda, 2013 yilda hind hamkorlaridan kovrak o‘simligining shirasini chetga sotib, yaxshi daromad qilish mumkinligi haqida eshitib qoldi-yu tinchi buzildi. So‘radi, surishtirdi, mutaxassislardan maslahat oldi, xorijiy hamkorlar bilan gaplashdi. Bu yaqin o‘rtada kovrak o‘smasligi, asosan Qashqadaryoning Dehqonobod va Surxondaryoning Boysun tumanlari tog‘li hududlarida bo‘lishini eshitib, avvaliga hafsalasi pir bo‘ldi. Toshkent qayda-yu, Surxondaryo qayda?! Biroq, ishtiyoq baribir ustun keldi: qaydasan Dehqonobod deya,  yo‘lga tushdi.

Bu 2014 yildagi gap..    

Korxona rahbari Dehqonobod, so‘ngra Boysunga bordi. Shart-sharoitni o‘rgandi, mahalliy aholi bilan gaplashdi. Tuman mutasaddilari bilan uchrashdi, maqsadini aytdi, qonuniy yer ajratib berishni so‘radi.

Avvaliga tuman rahbarlari toshkentlikning taklifini jiddiy qabul qilmadi. To‘g‘ri-da, qo‘liga bir ketmon ushlamagan odam qanday qilib qaqrab yotgan qir-adirda yo‘qolib borayotgan kovrakning sun’iy plantasiyasini tashkil qilishi mumkin? Bu ozmuncha mablag‘, mehnat talab qiladimi? Qolaversa, ekilgan urug‘ hosilga kirishi uchun to‘rt-besh yil kutishi kerak. Sabri yetarmikan shaharlikning?

 Bu ishga qat’iy bel bog‘lagan tadbirkor bu orada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ham murojaat qildi.

Yugur-yugurlar besamar ketmadi. Boysun va Dehqonobod tumanlari hokimliklari  yer ajratadigan bo‘ldi. Faqat quydagi shartlar asosida: yangi ish o‘rni yaratadi, kelajakda boshqa biznes ishlari uchun investisiya kiritadi va tumanning eksport salohiyatiga munosib hissa qo‘shadi. Tadbirkorning asl maqsadi ham shu edi-da.

Xullas, hujjatlar yig‘ilib, yerlar qonuniy asosda rasmiylashtirildi.    

Tadbirkor 2014 yilda Boysun tumanida o‘zi uchun qonuniy ajratilgan, rahbarlarning nazdida hech narsa bitmaydigan 396,9 gektar yerga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi botanika va zoologiya institutining malakali mutaxassislari bilan birga kovrak o‘simligi urug‘ini ekishni boshladi. Keyingi yili Dehqonobod tumani hududida 30 yil muddatga shartnoma qilingan 400,1 gektar yer maydoniga xuddi shunday usulda kovrak ekdi. Shunday qilib, 797 gektar yerda kovrak o‘simligi bo‘y ko‘rsatdi.

Endi sabr bilan yana 4-5 yil kutish qoldi, xolos.

2018 yilning 20 martida Prezidentning «Respublikada kavrak plantasiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  PQ-3617 sonli qarori e’lon qilindi. Tadbirkor uchun eshiklar yanada kengroq ochildi. Xorijdan yangi hamkorlar qidirdi. Axir bu mahsulot 100 foiz eksport qilinadi-da. 

Shu o‘rinda ushbu tadbirkorning O‘zbekistonda birinchi bo‘lib kovrak o‘simligini mahalliylashtirish, ya’ni uning sun’iy plantasiyasini tashkil etishga kirishganini alohida ta’kidlash lozim. Ushbu holat tegishli idoralar tomonidan nazoratga olingan va rasmiylashtirilgan.

Nihoyat, kutilgan kunlar yetib keldi. O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 24.05.2019 sanasida berilgan 03-03/1-2455-sonli xat asosida kovrak o‘simligining shirasini yig‘ish ishlari boshlandi. Shu o‘rinda qayd etish lozim, o‘tgan besh-olti yil oralig‘ida Fanlar akademiyasining ogohlantirishlariga qaramay, mahalliy aholi tomonidan tadbirkor chegarasidan tashqarida bo‘lgan qanchadan-qancha kovrak ayovsiz payhon qilindi, o‘simlik deyarli yo‘qolish holatiga kelib qoldi.

Tadbirkor o‘tgan yillar davomida faqat kavrakka ko‘z tutib o‘tirmadi. Va’daga vafo qilib, Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyevning taklifi hamda Dehqonobod tumani hokimi Z.Aliqulovning talabiga muvofiq «DEHQANABAD BIOGAZ» deb nomlangan MCHJ shaklidagi sho‘’ba korxona tashkil qildi. Uch yilda ikki milliard so‘mdan ortiq investisiya jalb qilib, 1 gektar yerda ferma, issiqxona, quyonchilik, bedanachilik xo‘jaligini tashkil qildi, biogaz kompleksini foydalanishga topshirdi. O‘tgan vaqt ichida tuman byudjetiga yuz million so‘mga yaqin soliq va majburiy to‘lovlar amalga oshirdi. Oz bo‘lsa ham eksport tushumini ta’minladi. To‘rtta doimiy ishchi o‘rni yaratdi hamda 24 nafar kishini mavsumiy ish bilan ta’minladi. Xullas, ishchilar tadbirkordan rozi...

Ammo toshkentlik «dehqon»ning og‘zi ko‘kka yetganda, tekinxo‘r sheriklar paydo bo‘ldi. «PINNACLE WORLDWIDE EXIM» MCHJ tomonidan yollangan ishchilar «FERULA TRADING»ga qonuniy tegishli bo‘lgan kovrak plantasiyasi hududiga beruxsat kirib, shuncha yillar davomida parvarishlab yetishtirilgan kovrakni payhon qilib, shira yig‘ishni odat qildi.

«Men Dehqonobod tuman hokimligi, huquqni muhofaza qilish organi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi, tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri korxonasiga ushbu huquqbuzarlik haqida bir necha bor og‘zaki va yozma murojaat qildim, — deydi tadbirkor X.Ibragimov. — Ammo qilgan murojaatlarimning hech biriga javob qaytarilmadi. Tuman IIB vaziyatni biroz yumshatgandek bo‘ldi, lekin foydasi bo‘lmadi. Yollangan ishchilarning noqonuniy xatti-harakatlari kuchaysa kuchaydiki, kamaymadi. Kamiga ular menga «Toshkentingga jo‘na, bu yerda sening biznes bilan shug‘ullanishga haqqing yo‘q, ketmasang xonavayron qilamiz!» deya ochiqchasiga tahdid ko‘rsata boshladi. «To‘rt-besh yil oldin qayerda eding, bu yerga ozmuncha mehnat, mablag‘ sarflandimi?» degan savollar esa har safar javobsiz qolyapti.            

Rejalarim bir olam edi. «DEHQANABAD BIOGAZ»ning biogaz texologiyalarini yanada kengaytirish, buni respublika miqyosda rivojlantirish, shu yerda quyosh energiyasida ishlovchi panellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi edim. Buning uchun ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investorlarini Dehqonobodga taklif qilish bo‘yicha aniq rejalarim bor edi. Afsuski, mahalliy aholining noqonuniy harakati va Dehqonobod tumani mutasaddilarining loqaydligini ko‘rib, bugun qilgan mehnatim, sarflagan mablag‘im, kiritgan investisiyamga juda-juda achinib ketyapman.

Xuddi ishga Toshkentdan Yangiyo‘lga qatnagandek, Qashqadaryo yo‘lida besh yil umrim zir yugurish bilan o‘tdi. Vaziyat shunday davom etaversa korxonam bilan chet ellik sheriklar o‘rtasida imzolangan eksport shartnomasini bekor qilishga majbur bo‘laman. Dehqonboddagi biznesim «sinadi» va ish o‘rinlarini yo‘qotaman. Agar kovrak plantasiyalarim qo‘shtirnoq ichidagi mahalliy «tadbirkor»lar tomonidan noqonuniy o‘zlashtiriladigan bo‘lsa, meni Dehqonobodda qiladigan ishim qolmaydi. Bu yerda boshqa biznes bilan shug‘ullanishimga hojat ham yo‘q».          

Shu o‘rinda mulohaza: mamlakatimiz rahbari deyarli har bir uchrashuv va videoselektor yig‘ilishlarida elim, yurtim deb tinim bilmayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, eksportni oshirish, investisiya jalb qilishga alohida to‘xtalib, mahalliy hokimliklar oldiga bu borada jiddiy talablar qo‘yayotgan bir paytda Dehqonobod tuman hokimligining bunday xatti-harakatini qanday izohlash mumkin?! Aslida ular foydalanilmayotgan yerni mehr berib, bor mablag‘ini sarflab, bugun mamlakat iqtisodi va xalqi uchun foyda beradigan bir hududga aylantirgan, odamlarni ish bilan ta’minlab, faqat eksport bilan shug‘ullanaman deb turgan tadbirkorning boshidan suv quyib ichishi kerak emasmi?!

Nahot mahalliy mutasaddilar hukumatning bugun eng ustuvor va jiddiy vazifa sifatida belgilagan eksport va aholi bandligini ta’milash siyosatini to‘g‘ri anglamayotgan, anglasa-da, Prezidentimizning bu boradagi qaror va farmonlari ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘q qo‘yayotganini tushunmayotgan bo‘lsa?! Yoki ularni «tepa»dan doimo kimdir turtib turishi kerakmi?!

Yaqinda Yakkabog‘ tumani hamda Xorazmda yuz bergan noxush holatlar mahalliy hokimliklarning xurmacha qiliqlari, ya’ni tadbirkor va aholining murojaatlari e’tiborga olinmay «zor qaqshagani» oqibatida yuzaga kelmadimi?! Qachongacha kasalning isitmasini yashirib yashaymiz?!

Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Dehqonobod tuman mutasaddilari toshkentlik tadbirkorning hurmatini joyiga qo‘yib, muammosini ijobiy hal qilib berishiga, kerak bo‘lsa, «PINNACLE WORLDWIDE EXIM» MCHJ tomonidan unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashda yordam ko‘rsatishi, qolaversa,  ishlayman degan tadbirkorning erkin faoliyat yuritishiga zarur shart-sharoit yaratib berishiga ishongimiz kelyapti... Kim, qayerda faoliyat yuritishdan qat’i nazar, hammaning maqsadi bitta. Avvalo, halol yo‘l bilan daromad topib, bu orqali odamlarning koriga yarash, mamlakat iqtisodi rivojiga munosib hissa qo‘shishdir.

Ravshan Mahmudov, jurnalist


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

AQSh yadroviy qurol bilan hujum qilishga qodir davlatlar ro‘yxatiga qayerlarni kiritgani ma’lum bo‘ldi

Бу маълумот АҚШ ҳукумати разведка ҳамжамиятининг йиллик ҳисоботида келтирилган.

AQSh razvedkasi Trampni ogohlantirgan — Professor Jon Mirshaymer

Жон Миршаймернинг айтишича, АҚШ разведкаси Дональд Трампга Эрон билан уруш яхши натижа бермаслигини олдиндан айтган.

Eron Aerokosmik kuchlari qo‘mondoni Isroilga keng ko‘lamli zarba berilishini e’lon qildi

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси Аэрокосмик кучлари қўмондони Мажид Мусавий ижтимоий тармоқларда шундай деб ёзган.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Rossiyaning Eronga harbiy yordami qanchalik keng?

Россия узоқ йиллардан бери Эрон билан ҳарбий-техник ҳамкорлик қилиб келади. Бу, асосан, қурол-яроғ алмашинуви ва айрим разведка ёрдамини ўз ичига олади.

Tramp milliy favqulodda holat e’lon qildi

Бу баёнот Оқ уй веб-сайтида эълон қилинди.

AQSh Davlat kotibi: "Rossiya qudratli yadroviy davlat bo‘lib qolmoqda"

Рубио бу баёнотни Францияда бўлиб ўтган G7 ташқи ишлар вазирлари учрашувидан кейин қилган.

Eron mintaqadagi AQSh bazalariga zarba berdi

Бу ҳақда Khabar Fouri ахборот агентлиги ИИҚКга таяниб хабар берди.

Shvesiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi

Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.

AQSh Adliya vazirligi Maduro ishini kengaytirishni o‘rganmoqda

АҚШ Адлия вазирлиги Венесуэла президенти Николас Мадуро иши бўйича айбланувчилар доирасини кенгайтириш имкониятини кўриб чиқмоқда.

AQSh Eron bo‘yicha barcha maqsadlarga erishilmaganini tan olishga chaqirildi

Foreign Affairsда эълон қилинган мақолага кўра, АҚШ Эрон билан муносабатларда муросага келиши ва барча мақсадларига эриша олмаслигини тан олиши керак.

Eronda urush boshlanganidan beri yuzdan ortiq “dushman josusi” ushlandi — Tasnim

Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.

Trampning Eron siyosati tanqid ostida

The New York Times хабар беришича, Дональд Трампнинг Эронга оид сиёсати кутилган натижани бермаган.

Turk dunyosi noshirlari Anqarada uchrashadi

Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.

Pragadagi "Rossiya uyiga" "Molotov kokteyllari" bilan hujum qilindi

Марказ раҳбари Игор Гиренконинг сўзларига кўра, кутубхона биносига улоқтирилган олтита "Молотов коктейлидан" учтаси портламай қолган.

Toshkentda 4 kishini urib yuborgan Tracker haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Жиноят 26 март куни туш пайтида Ниёзбек йўли кўчасида келиб чиққан жанжалдан сўнг содир этилган. Кузатув камераларидаги тасвирларда воқеадан аввал бошқа одамлар кўз ўнгида икки эркак муштлашаётганини кўриш мумкин.

Yashillik darajasini oshirishga hissa qo‘shganlarga maxsus maqom beriladi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.

Abbas Aragchi: AQSh so‘zlari va harakatlari qarama-qarshi

Аббас Арагчи Эрон ташқи ишлар вазири сифатида Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан билан телефон орқали суҳбатда АҚШнинг ҳаракатлари ва сўзлари ўртасида зиддият борлигини таъкидлади.

Eron bizdan bitim tuzishni yolvorib so‘ramoqda, men ulardan buni so‘raganim yo‘q — AQSh prezidenti

Доналд Трампнинг бошқа баёнотлари:

Toshkentda ayol kishini ayol ekanligi tufayli ishga olishmadi

Мурожаатда қайд этилишича, у 2026 йил январь ойида Тошкент вилоятидаги иқтисодий соҳага оид ташкилотлардан бирига мавжуд лавозимга ишга қабул қилиш масаласи бўйича суҳбатдан ўтган, ариза ёзган ҳамда электрон шартномани имзолаган. Шундан сўнг ишга қабул қилиш тўғрисида буйруқ чиқиши кутилган.

Voyaga yetmagan ikki qiz kirakashni tunab, uning qulog‘ini tishlab oldi

Ҳозирда эса ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Qozog‘istonda dron quladi

Аввалроқ, Қозоғистон Мудофаа вазирлиги бу каби дронларнинг 90 фоиздан ортиғи Россия 926-бош учиш синов маркази полигон ҳудудига тўғри келишини билдирган.

Noqonuniy oltin savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу олтин қуймасининг баҳоси 209 млн 757 минг сўмни ташкил этади.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.