Tadbirkorlarga subsidiyalar taqdim etilishini tizimli monitoring qilish tartibi belgilandi
🔰 Nizomga ko‘ra, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishda ularni taqdim etadigan tashkilot tomonidan tadbirkor erishishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi.
✅ Tadbirkorga subsidiyalar ajratilishi “subsidiya.mf.uz” platformasi orqali monitoring qilinadi.
📙 Samaradorlikni baholashda manbalardan quyidagi ketma-ketlikda foydalaniladi:
▪️ tadbirkorning moliyaviy, soliq hisobotlari;
▪️ sohaviy idoralar yoki statistika idoralari ma’lumotlari;
▪️ qo‘llab-quvvatlash choralari natijalari yuzasidan tadbirkor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar.
🗒 Samaradorlik har bir tadbirkor uchun iqtisodiy, moliyaviy (byudjet) va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha alohida baholanadi.
⛔️ Tadbirkorga taqdim etilgan subsidiyalar quyidagi hollarda qaytariladi:
🔸 subsidiya shartnomasi (bitim) bo‘yicha tadbirkor tomonidan erishish lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilmaganda;
🔸 mablag‘lardan maqsadsiz va samarasiz foydalanilgani aniqlanganda;
🔸 tadbirkor tomonidan tegishli hujjatlar yoki ma’lumotlarni noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatish va asossiz olingani holatlari aniqlanganda.
