Suyultirilgan gaz eksporti butkul taqiqlanadi

Suyultirilgan gaz eksporti butkul taqiqlanadi

O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyat oqibatlarini yumshatish uchun suyultirilgan gaz eksporti butkul taqiqlanadi, 2023 yil 1 martga qadar davlat idoralari tasarrufidagi siqilgan gazda harakatlanadigan avtomobillardan foydalanish taqiqlandi, ular benzinga o‘tkaziladi.

Prezident administrasiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida qishni betalafot o‘tkazish, energetika tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyat oqibatlarini yumshatish uchun quyidagi qo‘shimcha choralar ko‘rilishi bildirildi:

  • barcha ishlab chiqaruvchilar va treyderlarga suyultirilgan gazni eksport qilishni taqiqlash;
  • tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishga ruxsat etish;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalariga elektr energiyasi yetkazib berishga o‘rnatilgan vaqtincha cheklovlarni yil yakuniga qadar uzaytirish;
  • benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun xomashyo hamda tayyor benzin importini oshirish;
  • birjada AI-80 benzini savdosiga vositachi kompaniyalarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • 2023 yil 1 martga qadar davlat idoralari tasarrufidagi siqilgan gazda harakatlanadigan avtomobillardan foydalanish taqiqlandi, ular benzinga o‘tkaziladi;
  • 2 oy muddatga AI-80 benzini importi uchun aksiz solig‘i va uni chakana sotish uchun aksiz solig‘ini hisoblash va undirish to‘xtatib turiladi;
  • Birja sotuvlariga qo‘yilayotgan AI-80 benzinining kunlik hajmi oshiriladi.

Bundan oldin hududlarga qo‘shimcha tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va ko‘mir yetkazib berish masalasi muhokama qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!