Surxondaryoning Xatak g‘orida yana bir neandertal odam makoni aniqlandi

Surxondaryoning Xatak g‘orida yana bir neandertal odam makoni aniqlandi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasida neandertal odam makoni topildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.

Surxondaryoning Xatak g‘orida yana bir neandertal odam makoni aniqlandi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, qo‘riqxonaning Xatak bo‘limi Bog‘li dara massivida 2021 yilda arxeologlar tomonidan miloddan avvalgi 100—40-ming yillikka oid neandertal odam makoni topilib, joriy yilning iyun oyidan keng ko‘lamli qazishma ishlari boshlab yuborilgan. Qazishma davomida vertikal qoyaning yuzasida 15—20 metr balandlikda hosil bo‘lgan va kirish juda qiyin bo‘lgan ushbu g‘orda tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga 100—60 ming yil oldin yashagan neandertal odami hayotining to‘liq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq o‘choq qoldiqlari) saqlanib qolgani aniqlangan.

Bu orqali Surxondaryo viloyatining nafaqat tog‘li Boysun tumani, balki Sherobod tumani ham ilk insonlar makoni bo‘lgani o‘z isbotini topgan.

Hozirda Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi hamda Avstraliyaning Griffet universiteti xodimlari tomonidan qazishma ishlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!