Surxondaryolik ayol qaynukasi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani rostmi?

Surxondaryolik ayol qaynukasi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Z.Xolmurodovaning turmush o‘rtog‘i va qayniukasining harakatidan norozi bo‘lib, yo‘llagan videomurojaati o‘rganildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, P.Ergashev yangasi Z.Xolmurodovani haqorat qilganligi va  unga yengil tan jarohati yetkazganligi yuzasidan JIB Jarqo‘rg‘on tuman sudining 12.02.2021 yildagi qaroriga ko‘ra, P.Ergashevga nisbatan MJtKning 41-modddasi (haqorat qilish) hamda 52-moddasi (engil tan jarohati yetkazish) 2-qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, fuqaro  Z.Xolmurodovaning murojaatida bayon qilingan turmush o‘rtog‘i CH.Normatov va qayniukasi P.Ergashevlar tomonidan zo‘rlik ishlatib, doimiy ravishda jinsiy aloqada bo‘lganligi holati yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, murojaatda bayon qilingan holatlarda biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi  aniqlanmaganligi sababli 30.03.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Shu bilan birga, Z.Xolmurodova va CH.Normatovlarni sha’riy nikohlagan X.Tga nisbatan MJtKning 240-moddasi (diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish)1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun 30.03.2021 yilda JIB tuman sudiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!