Surxondaryodagi qadimiy "Kampirtepa" devori atayin buzilganmi?

Surxondaryodagi qadimiy "Kampirtepa" devori atayin buzilganmi?

Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan  Surxondaryo viloyatidagi qadimiy "Kampirtepa" (Oks Aleksandriyasi) arxeologik yodgorligining devori buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Manbalarda aytilishicha, joriy yilning noyabr oyida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi natijasida Kampirtepa yodgorligining janubiy-g‘arbiy devorning o‘rta qismi konservasiya qilinmaganligi sababli qulab tushgan.

Ammo, akademik Rtveladze tomonidan nashrda ta’kidlashicha, qal’adagi ko‘chani bunday buzilishi o‘tgan yili bo‘lgan va bu yil devor buzilishida ham takrorlangan, bu ataylab qilingan. Shu yilning noyabr oyida Rtveladze yodgorlikka tashrif buyurganida, hech narsa buzilmagan bo‘lgan.

O‘zbekiston  Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti xodimlari o‘rtasida akademik Rtveladze bilan suhbatdan so‘ng quyidagilarga qaror qilindi:

1. Kampirtepa yodgorligi devorning buzilishi yuzasidan Madaniy meros departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilish.

2. E.V.Rtveladzening tavsiyasiga ko‘ra, restavrasiya ishlarini bahorda boshlash uchun devorning buzilgan qismini mustahkamlovchi vositalar yordamida qalin plyonka bilan yopish tavsiya etilgan.

3. Kampirtepa yodgorligidagi ushbu devorni tiklash akademik E.V.Rtveladze boshchiligida respublika byudjetidan 2021 yilda ta’mirlanadigan moddiy meros ob’ektlari dasturiga kiritilsin.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori Edvard Rtveladze yodgorlikda 40 yil davomida ilmiy tadqiqot va qazilma ishlarini olib bormoqda. Ushbu qal’a Markaziy Osiyoda antik davrning eng qadimiy yodgorliklaridan biridir.

Ma’lum bo‘lishicha, 1990-2000 yillarda Rtveladze yodgorlikning sharqiy qismida restavrasiya ishlarini olib borgan va yodgorlikning kirish qismida ramziy devor qurilgan. Restavrasiya va rekonstruksiya ishlari, jumladan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilgan. 2018 yilda respublika byudjetidan yodgorlikning g‘arbiy devorida ta’mir-tiklash ishlari olib borilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!