Surxondaryodagi konda sodir bo‘lgan avariya tufayli havoga oltingugurt gazi tarqaldi

Surxondaryodagi konda sodir bo‘lgan avariya tufayli havoga oltingugurt gazi tarqaldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kecha, 1 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi konda sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 1 sentyabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati Boysun tumani «Ko‘lqamish» MFY hududida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi tufayli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuasiya qilingan.

«Fuqarolarni tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Vahimaga o‘rin yo‘q», deyiladi vazirlik xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borib, mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!