Surxondaryoda uch kishini sel oqizib ketdi

Surxondaryoda uch kishini sel oqizib ketdi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sel oqimlari yuzaga keldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 10 may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY “Zoxona” qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga keldi.

Hodisa oqibatida chorva mollarni boqib yurgan Uzun tuman “Xursan” mahallasida yashovchi fuqaro va uning chorva mollarini, shuningdek ushbu hududda o‘zining “Nexia" rusmli avtomashinasida bo‘lgan Uzun tumani "Istiqlol” mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni sel oqimlari oqizib ketgan.

Yuz bergan tabiiy ofatdan chorva mollarni boqib yurgan fuqaro kutilib qolgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, qutqaruvchilar, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar, Prokuratura va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Shuningdek, 70 nafar mahalliy aholi bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!