Surxondaryoda “Lasetti-2” ga o‘rnatilgan gaz balloni portladi

Surxondaryoda “Lasetti-2” ga o‘rnatilgan gaz balloni portladi

Bugun, 2 oktyabr kuni soat 15:30 da Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Jarqo‘rg‘on Sarbon-Broker MCHJ”ga qarashli siqilgan gaz to‘ldirish shaxobchasida “Lasetti-2” rusumli avtomobiliga gaz to‘ldirish jarayonida gaz ballonining yorilishi yuzaga keldi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, yong‘in sodir bo‘lmagan, yong‘in qutqauv ekipajlari chaqirilmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra gaz ballonining yorilishiga avtomobilga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan (ECEK 110 Sh 72 kg skotchli) gaz ballonining yuqori bosim ostida texnik deformasiyasi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
Voqea joyiga FVB, IIB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning mutaxasisslari chiqishgan.
Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!