Surxondaryoda yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Fuqaro B.M. Surxondaryo viloyati IIB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida, ATB "Turonbank" Termiz filiali bosh mutaxassisi J.K. va "Bio Texno Eko" MCHJ ishchisi SH.H. Termiz tumani "Parrandachilik" mahallasi hududidagi tuman hokimining 16.01.2012 yildagi qaroriga asosan, “Sh.T” xususiy korxonasiga yordamchi xo‘jalik uchun vaqtincha biriktirilgan tuman hokimligi zaxirasidagi 5,5 gektar bo‘sh yer maydonini 285 mln. so‘mga sotishga kelishib, kelgusida mansabdor tanishlari orqali yer maydoniga oid hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan puldan 100 mln. so‘mini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!