Surxondaryoda ayol kishining kaltaklanishi bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda

Surxondaryoda ayol kishining kaltaklanishi bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryolik zo‘ravonni ko‘ring, buni kim tartibga oladi, puli ko‘pligidan quturgan boyni ko‘ring" mavzusida tarqalgan videolar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. 

Mazkur holat Denov tumani bo‘yicha IIO FMB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
Denov tumani, “I.Turayev” SIU, “Buyuk ipak yo‘li ” mahallasida yashovchi Q.S. 2021 yil 22 aprel kuni viloyat IIB 102 raqamiga qo‘shnisi X.G. urib tan jarohati yetkazganligi haqida murojaati va tuman markaziy kasalxonasining 25 apreldagi xabarnomasi navbatchilik qismida qayd etilib, bo‘lgan holat yuzasidan surishtiruv harakatlari tuman IIO FMB 2-son IIB tomonidan olib borilmoqda.
Fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish to‘g‘risida qaror berilgan, fuqaroning olgan tan jarohati “engil tan jarohati” toifasiga kiradi deb xulosa chiqarilgan.
Fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi haqida ma’lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!