Sun’iy intellekt modeli tabiatda tabiiy ravishda uchramaydigan oqsillarni yaratishni o‘rgandi. Dasturdan foydalanib, olimlar tabiiy oqsillarga atigi 58% o‘xshash yangi lyuminessent oqsilni loyihalashtirdi.
Mashg‘ulotlar jarayonida sun’iy intellekt 2,78 milliard oqsil haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. Har bir oqsilning ketma-ketligi (aminokislotalarning qurilish bloklari tartibi), tuzilishi va funksiyasi ko‘rsatilgan.
Olimlar tasodifiy ravishda bu oqsillar haqidagi ma’lumotlar bo‘laklarini yashirishdi va modeldan yetishmayotgan qismlarni to‘ldirishni so‘rashdi. Sun’iy intellekt ilgari olingan ma’lumotlarga asoslanib, o‘ziga xos funksiyalarga ega yangi oqsillarni yaratdi. Tadqiqotchilar buni "biologiya uchun muhim moment" deb atashmoqda.
Tajribalar uchun lyuminessent oqsili tanlandi - u yorug‘likni ushlaydi va uni uzoqroq to‘lqin uzunligida qaytaradi. Biologlar ularni ko‘rish va kuzatish uchun molekulalarga bu oqsillarni biriktiradilar.
Sun’iy intellekt floresansni keltirib chiqarishga qodir bo‘lgan ketma-ketlik va tuzilmalarga ega 96 ta oqsilni yaratdi. Olimlar tabiiy analoglarga eng kam o‘xshashini tanladilar. Bu oddiy oqsillarga qaraganda 50 baravar xiraroq bo‘lib chiqdi, ammo sun’iy intellekt yana bir iterasiyani amalga oshirdi va yorqinlikni oshiradigan ketma-ketliklarni qo‘shdi. Yangi protein "esmGPF" deb nomlandi.
Model bir necha soniya ichida kerakli operasiyalarni amalga oshirdi. Tabiatda xuddi shunday natijalarga erishish uchun 500 million yillik evolyusiya kerak bo‘ladi, deya xabar beradi Live Sciyence.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.