Sun’iy intellekt saratonni oldindan aniqlash va davolashda yordam beradi

Sun’iy intellekt saratonni oldindan aniqlash va davolashda yordam beradi

Glazgo (AQSh) universiteti tadqiqotchilari Nyu-York universiteti xodimlari bilan hamkorlikda saraton kasalligiga qarshi kurashish uchun neyron tarmoqni ishlab chiqdi va o‘rgatdi. Tizim "Gistomorfologik fenotipni o‘rganish" deb ataladi.

Mualliflar 452 bemordan olingan o‘pka adenokarsenomasi to‘qimalarining namunalari bilan minglab yuqori aniqlikdagi tasvirlardan foydalanganlar.

Neyron tarmog‘i yordamida qilingan bashoratlar ma’lumotlar bazasidagi haqiqiy natijalarga mos keldi. Sun’iy intellekt 72 foiz hollarda kasallikning remissiyadan chiqish ehtimoli va vaqtini to‘g‘ri baholay olgan. Ushbu texnologiya yordamida shifokorlar bemorlardagi kasalliklarni tezroq tashxislarlari, kelajakda saraton kasalligini davolash statistikasini yaxshilashlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!