Mamlakatimizda xotin-qizlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanyapti, munosib turmush sharoitlarini yaratish choralari ko‘rilyapti.
Afsuski, ular orasida jinoyatga qo‘l urayotganlar ham borligi tashvishlanarlidir. Qo‘qon shahrida yashovchi Susana Inochkina ham shulardan biri. 31 yoshli bu ayol ikki nafar farzandini oq yuvib, tarbiyalash o‘rniga qabih yo‘lni tanladi. Giyohvandlik vositalari bilan shug‘ullangani uchun 2022 yilda sud hukmi bilan aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Farzandi uch yoshga to‘lganiga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosi kechiktirilib, keyinchalik sinov muddati belgilangan. Shunday bo‘lsada, u bundan tegishli xulosa chiqarmasdan o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, deganlaridek yana jinoyat ko‘chasiga qadam qo‘ydi. Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ichishni odat qildi. Bu ayolning yurish-turishi atrofdagilarga shubha uyg‘ota boshladi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda S.Inochkinaning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 40 dona konvalyutadagi 560 dona “ilko Regopen 300 mg Pregabalin” yozuvli kasetada kuchli ta’sir qiluvchi moddalar borligi aniqlandi. U bu dorilarni kelgusida sotishni maqsad qilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida daliliy ashyo tariqasida olingan dori kanvalyutalar ichidagi kapsulalar tarkibida pregabalin moddasi mavjudligi, uning umumiy og‘irligi 168 grammni tashkil qilishi aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan bu ayolga olti yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
22 декабрь куни Тошкент шаҳридаги "Ҳумо арена" мажмуасида хоккей бўйича КХЛ доирасидаги "Динамо" Минск ва "Спартак" Москва жамоалари ўртасидаги ўйин ўтказилганди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Озарбайжон ҳаво йўллари самолётининг Ақтауда қулашига Россиянинг “ер-ҳаво” тоифали ракетаси сабаб бўлган. Бу ҳақда Euronews, Reuters ва бошқа ОАВ Озарбайжон ҳукуматидаги манбаларга таяниб хабар берди.
Бу ҳаракат Аббос режимининг Женинга ҳужуми пайтида Ал-Жазира "нифоқ уруғини сепмоқда ва ички низоларни қўзғатмоқда" деган айбловлар фонида амалга оширилди.
Украина Россиянинг олға силжишини тўхтатишга қодир эмас, бу ҳақиқат. Бу ҳақда америкалик разведканинг собиқ ходими Скотт Риттер YouTube'даги i Judging Freedom каналида айтиб ўтди.
Европа Иттифоқи томонидан электромобилларга бож жорий этилишига қарамай, Хитой 2025 йилда жаҳон бозорида энг йирик автомобил етказиб берувчиси бўлиб қолади.
Нашрнинг ёзишича, янги тадқиқотлар шуни кўрсатдики, Буюк Британиянинг душманлари ҳарбий харажатларни кўпайтирмоқда, аммо Буюк Британия мудофаа учун ЯИМнинг 2,5 фоизини таъминлай олмаяпти.