So‘nggi uch yilda Yevropada har kuni 17 nafar muhojir bola bedarak yo‘qolgan

So‘nggi uch yilda Yevropada har kuni 17 nafar muhojir bola bedarak yo‘qolgan

2018 yilning yanvaridan 2020 yilning dekabriga qadar Yevropada 18 ming 292 nafar muhojir bola bedarak yo‘qolgan. Bu kuniga qariyb 17 nafar bola g‘oyib bo‘lgan, deganidir.

Bu Buyuk Britaniyaning ”The Guardian“ nashri va ”Lost in Europe" xalqaro jurnalistlar hamjamiyati tomonidan olib borilgan kuzatuvlar yakunida ma’lum bo‘ldi.

«So‘nggi uch yil ichida bedarak yo‘qolgan bolalarning aksariyati Yevropaga Marokash, Jazoir va Afg‘onistondan kelgan oilalarning farzandlaridir. Ularning 90 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etadi, taxminan har oltinchisi 15 yoshgacha bo‘lgan bolalardir», deyiladi xabarda.

Masalan, birgina 2020 yilning o‘zida Yevropaning 13 mamlakatida 5768 nafar bola bedarak yo‘qolgan.

«Bu bolalarni himoya qilish tizimi ishlamayotganligidan dalolatdir», deydi "Missing Children Europe" tashkilotining himoya va migrasiya bo‘limi rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoiy tashkilotlar tobora ko‘proq muhojir bolalarni nishonga olmoqda va ularning aksariyati odam savdosi, shuningdek, mehnat va jinsiy ekspluatasiya qurbonlariga aylanmoqda.

Avvalroq, Gollandiyada boshpana topgan 60 nafarga yaqin vyetnamlik muhojir bola g‘oyib bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Gollandiya hukumati bolalar Buyuk Britaniyaga giyohvand moddalar yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarida va salonlarda ishlash uchun olib ketilgan, deb gumon qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!