Sumalakda Orol dengizi namoyon bo‘ldi (foto)

Sumalakda Orol dengizi namoyon bo‘ldi (foto)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari har yilgi an’anasiga sodiq qolgan holda yaxshi niyatlar bilan Navro‘z ayyomining milliy taomi sumalak tayyorladi. Sumalak to‘la qaynab bo‘lgach, unda Orol dengizining to‘lin paytidagi xaritasiga o‘xshash surat paydo bo‘ldi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

- Har yilgi an’anamizga ko‘ra 15 soat sumalak qaynatdik, uni aralashtirish paytida eng ezgu tilaklarimizni tiladik. Elimiz, yurtimiz tinch bo‘lishi, asosan yurtboshimiz tomonidan Orolbo‘yida boshlangan ulkan bunyodkorlik ishlari xayrli davom etishini Ollohdan so‘radik, - deydi boshqarma xodimlari Janabergen Pirjanov va Ruslan Xamitovlar. Sumalak to‘liq pishgandan so‘ng ertasiga qozon qopqog‘ini ochsak, Orol dengizining to‘lin paytidagi xaritasiga o‘xshash rasm paydo bo‘lganiga guvoh bo‘ldik. Ilgari turfa xil manzaralar, aksariyat hollarda qushning rasmi paydo bo‘lardi. Lekin, Orol dengizi ilk bor namoyon bo‘lmoqda. Yaxshi niyat yarim rizq, deydi dono xalqimiz. Niyatimiz amalga oshib, dengizimiz suvga to‘lsin, ilohim!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!