Suma Chakrabartini O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Suma Chakrabartini O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Suma Chakrabartini O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.

Farmonda ta’kidlanishicha, Suma Chakrabartining «O‘zbekiston hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari» alohida qayd etilgan.

Shuningdek, «respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturlarining samaradorligini ta’minlashga, sanoat va infratuzilma tarmoqlarini modernizasiya qilish bo‘yicha ustuvor investisiyaviy loyihalarga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va ko‘magi, mamlakatda qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish jarayonlarini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun» Suma Chakrabarti O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Ma’lumot uchun, Suma Chakrabarti ETTB prezidenti sifatida 2012 yil iyuldan 2020 yil iyulgacha ishlagan. 2017 yilda bank O‘zbekistonda o‘z faoliyatini tikladi va bugungi kunga qadar YETTB 79 loyihada qatnashib, mamlakat iqtisodiyotiga 1,7 milliard yevro sarmoya kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!