Suares «Barsa»ning taklifini rad etdi

Suares «Barsa»ning taklifini rad etdi

«Barselona» klubi Luis Suaresni jamoaga qaytarish masalasida futbolchiga taklif bilan chiqdi, deya xabar bermoqda Diario Sport.

Kataloniya klubi urugvaylik hujumchining «Atletiko»ni tark etishi haqida xabar topgach, uni taklif etish masalasida bog‘langan. Klub sobiq o‘yinchisiga uning zaxira varianti sifatida ko‘rilayotgani sababli avgustgacha kutishi kerakligi, Robert Levandovski transferi amalga oshmasa, «Barsa»ga qaytishi haqida ma’lum qilgan. Suares esa taklif uchun minnatdorchilik bildirib, rad etgan.

Avvalroq, Suaresga «Sevilya», «Vilyarreal» va «River Pleyt»dan taklif borligi, u ushbu jamoalardan biriga o‘tishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli forvard o‘tgan mavsum klubi safidagi jami 45 o‘yinda 13ta golga mualliflik qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!