“STRAUS HOUSE”dan jabrlanganlarga shu vaqtgacha qancha mablag‘ undirib berilgani ma’lum bo‘ldi

“STRAUS HOUSE”dan jabrlanganlarga shu vaqtgacha qancha mablag‘ undirib berilgani ma’lum bo‘ldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 27.07.2020 yildagi   hukmiga asosan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va boshqa moddalari bilan sudlangan “STRAUS HOUSE” MCHJ ta’sischisi, “EZOZ MAX” MCHJ va “CFS max” MCHJlarning mansabdor shaxslari I.Isroilov va boshqalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha 347 nafar fuqarolar foydasiga 7 mlrd. 022 mln. 522 ming 500 so‘m hamda davlat foydasiga 222 mln. 386 ming 043 so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zararlarni undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituviga joriy yilning 19 sentyabr kuni  kelib tushgan.  Shuningdek, sud hujjatiga muvofiq undiruv dastlabki tergov davrida xatlangan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov departamentining depozit hisob raqamida saqlanayotgan 1 mlrd. 854 mln.  so‘m pul mablag‘lari hamda 777 mln. 127 ming 717 so‘mga baholangan 6 turdagi avtotransport vositalariga qaratilgan.

Majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida Tergov departamentining depozit hisob raqamida saqlanayotgan 1.854.000.000 so‘m pul mablag‘larini Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risida 21.09.2020 yilda talabnoma berilgan.

Ijro hujjatidagi 347 nafar jabrlanuvchi fuqarolarning 332 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yashayotganligi ko‘rsatilgan. Shu  munosabati bilan ularga qulayliklar yaratish maqsadida,  undiriladigan mablag‘ni o‘tkaziladigan plastik kartochkalari haqidagi arizalarni yashash manzillari bo‘yicha Byuroning tegishli hududiy boshqarmalariga taqdim etish yuzasidan internet tarmoqlari orqali e’lon berilgan edi. Bugun 2020 yil 30 sentyabr kun holatiga MIB Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan olib borilgan  ijro harakatlari davomida 189 nafar undiruvchilarning bank hisob raqamlariga 1 mlrd. 149 mln. so‘m pul mablag‘lari o‘tkazib berildi.  Qolgan 158 nafar undiruvchilarga 647,9 mln. so‘m pul mablag‘larini chiqarish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!