SSV: 500 grammdan 1000 grammgacha bo‘lgan chaqaloqlarning yashab qolish ko‘rsatkichi so‘nggi olti yilda qariyb 3 barobar oshgan

SSV: 500 grammdan 1000 grammgacha bo‘lgan chaqaloqlarning yashab qolish ko‘rsatkichi so‘nggi olti yilda qariyb 3 barobar oshgan

Bir paytlar bedavo hisoblangan ko‘plab xastaliklarning muolaja qilinishi, tug‘ma nuqsonlarning sanoqli daqiqalar ichida bartaraf etilayotgani, tanaga tig‘ tekkizmasdan murakkab operasiyalar o‘tkazilishi — bularning barchasi zamonaviy tibbiyot yutuqlari.

Muhimi, bugun ana shu ilg‘or davolash usullari va innovasion yondashuvlar yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimiga ham bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda.

Qarang, muddatidan ancha ilgari, 500 gramm va undan yuqoriroq vazn bilan tug‘ilgan, hali tana a’zolari to‘liq shakllanib ulgurmagan chaqaloqlarning yashab ketish imkoniyati avvallari deyarli 0 foizga teng bo‘lgan. Endi esa ana shunday go‘daklar hayotini ham saqlab saqlab qolsa bo‘ladi.

— JSST tomonidan ishlab chiqilgan mezonlarga ko‘ra, agar bola homiladorlikning 22-haftasida dunyoga kelib, vazni 500 gramm va undan ortiq, bo‘yi 25 sm. va undan ziyod bo‘lsa, u tirik tug‘ilgan hisoblanadi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova.

— Shunga qaramay, ba’zi mamlakatlarda mazkur mezonlar hanuz tegishliliga ko‘ra, 28 hafta, 1000 gramm, 35 sm. sifatida saqlanib qolmoqda. Bizda esa JSST tavsiyalari — amalda. Unga muvofiq, chaqaloq 22 haftadan boshlab tug‘ilib, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lsa, FHDYo idoralarida qayd etiladi.

🏥 Buning uchun mamlakatimizdagi perinatal xizmat ko‘rsatuvchi uchinchi darajali tug‘uruq muassasalarida kam vaznli, muddatdan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni davolash va parvarishlashga doir ilg‘or texnologiyalar joriy etilgan.

Xo‘sh, bu qanday natija bermoqda?

📊 Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, kam vaznli — 1500 grammgacha bo‘lgan chaqaloqlarning yashab qolish darajasi 2015 yilda 25 foizga teng bo‘lgan. 2021 yil yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 80 foizgacha yetdi.

📈 Shuningdek, erta tug‘ilgan o‘ta kam vaznli, ya’ni 500 grammdan 1000 grammgacha bo‘lgan go‘daklarning yashab qolish darajasi esa 2015 yildagi 14 foizdan 40 foizacha oshdi.

✅ Shu asnoda bunday chaqaloqlar parvarishi, muolajasi va reabilitasiyasi bo‘yicha yurtimizda milliy tajriba shakllantirildi.

🩺 Shuningdek, 1000 —1500 gramm vaznda tug‘ilgan chaqaloqlar hayotini saqlab qolish 50 foizdan 75-80 foizgacha yuqoriladi. O‘z navbatida, go‘daklar o‘limi darajasi 11,4 promilledan 9,3 promillega tushdi.

❗️Bu — milliy tibbiyotimizda perinatal va neonatal xizmatlar sifati va qamrovi hamda kadrlar salohiyati yil sayin oshib borayotgani dalolatidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!