Srechko Katanes: Biz ham boshqalar uchun qiyin raqib sanalamiz

Srechko Katanes: Biz ham boshqalar uchun qiyin raqib sanalamiz

Xabaringiz bor, 11 iyun kuni O‘zbekiston Eronga qarshi so‘nggi turda maydonga tushadi. Ushbu bahs oldidan Srechko Katanes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ertangi Eronga qarshi o‘yinga tayyormiz. Biz Eron terma jamoasi bilan turli musobaqalarda bir necha bor to‘qnash kelganmiz va bu ular saviyali jamoa ekanligini bilamiz. Jamoalarning keyingi bosqichga chiqishi aniqlangani uchun yaxshi o‘yin ko‘ramiz degan umiddaman. O‘yinchilarga o‘yindan zavqlanishlarini, lekin sariq va qizil kartochkalarga e’tiborliroq bo‘lishlari kerakligi aytdim. Ammo biz ham kuchli jamoamiz va biz boshqalar uchun ham qiyin raqib sanalamiz".

Shuningdek, Katanes zaxiradan unumli foydalana olmaydigan murabbiy, deb tanqid qilinadi. Ushbu matbuot anjumanida ham shunday savol bilan yuzlanishdi va mutaxassis quyidagicha javob qaytardi:

"Ertaga ko‘rasizlar, asosiy o‘yinchilardan foydalanamizmi yoki yo‘qmi, lekin gapirishim kerak bo‘lgan masala shuki, ehtimol Eron bosh murabbiyi Amir Galenoi ham bu masalaga qo‘shiladi, nega bu bosqichdagi sariq kartochkalar keyingi bosqichga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi kerak?", - dedi teram jamoamiz bosh murabbiyi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!