Spark, Nexia 3 va Cobalt‘ning 5 ta davlatdagi narxi ma’lum qilindi

Spark, Nexia 3 va Cobalt‘ning 5 ta davlatdagi narxi ma’lum qilindi

6 yanvar kuni AOKAda «O‘zavtosanoat» AJ mas’ullari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanidan so‘ng tashkilotning Savdoni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Mirmaqsudov «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonovning bir qancha savollariga javob berdi.

Suhbat chog‘ida «O‘zavtosanoat» rasmiysi UzAuto Motors’ning ayni paytda xorijga eng ko‘p eksport qilinayotgan yengil avtomobillari — Spark(R2), Nexia 3 va Cobalt(R4)ning beshta davlatdagi AQSh dollari kursidagi narxini ma’lum qildi.

Spark (R2)

  • O‘zbekiston: 7005 — 8161 dollar;
  • Rossiya: 9441 — 10263 dollar;
  • Qozog‘iston: 11011 — 11794 dollar;
  • Belarus: 9817 — 10623 dollar;
  • Ukraina: 9929 — 11014 dollar.

Nexia 3

  • O‘zbekiston: 7986 — 9605 dollar;
  • Rossiya: 8861 — 10118 dollar;
  • Qozog‘iston: 9051 — 10956 dollar;
  • Belarus: 9717 — 10903 dollar;
  • Ukraina: 10115 — 11268 dollar.

Cobalt (R4)

  • O‘zbekiston: 9118 — 10595 dollar;
  • Rossiya: 9716 — 10972 dollar;
  • Qozog‘iston: 10593 — 12521 dollar;
  • Belarus: 9651 — 10860 dollar;
  • Ukraina: 10157 — 11369 dollar.

Eslatib o‘tamiz, ushbu narxlar 2020 yil 3 yanvar kungi holatiga berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!