“Spark”, “Cobalt”, “Lacetti”ning narxi oshdi
2020 yildan boshlab “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektasiyalaridagi “Spark”, “Cobalt”, “Lacetti” avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba’zi qo‘shimcha opsiyalar bilan jihozlanmoqda.
Shu bois mazkur opsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya’ni avtombil narxi o‘z-o‘zidan emas, qo‘shimcha opsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan.
Mazkur holat diler va haridor o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 2.4 bandida ham keltirib o‘tilgan.
Shuningdek, shartnoma shartlariga ko‘ra, qo‘shimcha opsiyalar kiritish bilan bog‘liq ravishda avtomobil (tovar) narxi o‘zgargan taqdirda haridor o‘z xohishiga binoan to‘langan to‘lov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechishi, qiymatdagi farqni to‘lashi yoki tovarni yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan boshqa model va modifikasiyadagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.
Quyidagi jadvalda qo‘shimcha opsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha batafsil ma’lumot keltirilgan.