Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risila gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Soliq-servis davlat unitar korxonasi o‘zining hududiy markazlari bilan birgalikda tashkil qilindi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan yangi tuzilmaviy xizmat Soliq-servis DUKning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
Soliq-servis DUK faoliyatini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilarning haqiqiy biznes-hamkori va maslahatchisi bo‘lishini ta’minlash, har qanday biznes- rejasini tuzishdan oldin soliq organlaridan kerakli maslahat olishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.
Korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yishda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi va biz uchun mos keluvchi jihatlar olindi.
Soliq-servis DUK markazlari faoliyati Toshkent viloyatining tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalarida ham ish boshlagan. Bugungi kunda birgina ushbu viloyatda joriy yilning o‘tgan davri davomida 502 ta jismoniy va yuridik shaxslarga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatildi. Bevosita joylarda tashkil etilgan 22 ta seminarda 6,5 mingdan ziyod soliq to‘lovchi qatnashdi hamda soliq tizimi mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan sovollariga javoblar olishdi.
Aholi va barcha xo‘jalik sub’ektlari faoliyatlari davrida yuzaga kelgan savollar bo‘yicha (71) 202-32-82 yoki 1198 qisqa raqami orqali Sall-markaz ga murojaat qilib, malakali javob olishlari mumkin.
Manba: uza.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.