Sohibqiron Amir Temur qaysi kasallik tufayli olamdan o‘tgan?

Sohibqiron Amir Temur qaysi kasallik tufayli olamdan o‘tgan?

1405 yil (bundan 616 yil oldin) – O‘tror hokimi Berdibek saroyining Temur uchun maxsus jihozlangan xonasida Xitoy yurishiga otlangan buyuk lashkarboshi, davlat arbobi Amir Temur vafot etdi. Bu hodisa hijriy 807 yil sha’bon oyining o‘n yettinchi kuni (milodiy 1405 yil 18 fevralda) yuz berdi. Buyuk saltanat asoschisi namozshom bilan xufton orasida, “Tavhid” kalimasini takror-takror aytib, hayotdan ko‘z yumdi.

Tarixchi Amriddin Berdimurodovning qayd etishicha, Amir Temurning vafoti tafsilotlarini yozgan tarixchilar uning aynan qaysi kasallik oqibatida vafot etganligi haqida aniq ma’lumot bermaganlar. Shunday bo‘lsa-da, sohibqironning o‘limi haqida yozgan Hofizi Abro‘ va Ibn Arabshohlar sohibqiron kasalligining kelib chiqishini aniqlashda anchayin oydinlik kirituvchi ma’lumotlarni keltiradilar.

Ularning yozishicha, Temur kasal bo‘lib to‘shakda yotgan paytida, atrofiga yig‘ilganlarga avval bir barmog‘ini, so‘ngra ikkinchi barmog‘ini ko‘rsatib: “Men bu bilan nima demoqchiman?” – deya so‘raydi. Ko‘pchilik amirlar taraddudlanib qoladilar va ayrimlari javob berishga jur’at qilishib: “Hukmdor bu bilan sog‘ayishim uchun yana bir yoki ikki vosita qoldi demoqchilar”, – deyishadi. Jahongir hech bir alamsiz: “Bir yoki ikki kundan so‘ng men sizlarning oralaringizda bo‘lmayman deganim, bu”, – deya javob beradi.

O‘sha tarixchilarning qayd etishicha, jahongir yotgan xonaga taklif qilinib, bor haqiqatni aytishga buyruq olgan tabiblar, bemorni obdon tekshirib ko‘rishib, sohibqiron haq ekanligini, haqiqatan umri yakunlanayotganini aytadilar. Bu yerda hozir bo‘lgan a’yonlar tabiblarni keragidan ortiq gapirganliklari uchun koyiydilar, lekin Amir Temurning o‘zi tabiblarni bu ochiq gaplari uchun maqtaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!