20 nafardan ortiq buyragi transplantasiya qilingan bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga shikoyat bilan borgani haqida xabar qilgan edik. Ular davlat tomonidan tekinga berilayotgan “Pangraf” va “Maysept” dorisi o‘rniga “Roligraf” va “Allasept” berilayotganidan norozi bo‘lishgandi.
Shundan so‘ng, Togri.uz bemorlar noroziligiga nima sabab bo‘lganini o‘rganishga kirishdi. Asariyat transplantasiya qilingan bemorlar dialez amaliyotidan zo‘rg‘a o‘ziga kelgani, yana o‘sha holatga tushib qolishdan qo‘rqishini aytdi.
Togri.uz bilan bog‘langan bemorlar “Roligraf” va “Allasept” dorisidan ahvoli yomonlashganini ta’kidlashmoqda.
Bemor Muazzam Mahkamova davlat bergan doridan ahvoli og‘irlashgani, shifokorning tavsiyasi bilan boshqa dorini qimmatga olib ichishga majbur bo‘layotganini aytdi:
“Shu yilning may oyida operasiya bo‘lganman. Operasiyadan so‘ng dori sotib olib, ichib yurdim. Oilaviy ahvolim og‘irlashib qolganidan so‘ng davlat tomonidan bepul berilayotgan dorini 1 sentyabrdan boshlab icha boshladim. Menda ko‘ngil aynishi, qo‘l qaltirashi, qorin damlash, soch to‘kilishi kuzatildi. O‘zimni yomon his qila boshladim. 17 sentyabrda bir oyda bir topshiradigan analizimni 2 haftada topshirishga majbur bo‘ldim. Tahlil natijasi yomon chiqdi. Menda takralimus 26 ga ko‘tarilib ketibdi. Odatda takralimusim 8 dan 12 gacha bo‘lardi. 26 men uchun juda baland. Keyin Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazidagi shifokorim Jahongir Bahadirovich bu dorini ichishni to‘xtatishimni aytdi. Ulug‘bek Karimov ham “Roligraf” o‘rniga “Pangraf” ich dedi. Noiloj qimmat bo‘lishiga qaramay qarindoshlarimizdan qarz olib, dori sotib oldim. “Pangraf”da hech qachon unaqa holatlar kuzatilmagan. Takralimusim ham oshib ketmagan.
Biz tavakkal qilishga qo‘rqamiz. Bizga kimdur jonini yarmini bergan. Ular boshidan o‘tqizmagan, buni qanday azobligini bilmaydida. Buyragimiz ishdan chiqsa, yana dialezga tushib qolishni xohlamaymiz. Kimdan olamiz yana buyrak. Operasiya bo‘lish o‘zimas. Hammaning ham qurbi yetmaydi operasiyaga. Kimlardur yashab turgan uyini sotib shu amaliyotni boshidan o‘tqazgan, hammasi faqat yashash uchun qilinadi. Hayotga qayta kelgan odamlar tavakkal qilishdan qo‘rqadi”.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tender o‘tkazilgani va unda yutgan firma dorilarni keltirayotganini aytmoqda. Bemorlarga aynan o‘sha dorilar tarqatiladi. Bu dorini ichib ahvoli og‘irlashib qolayotgan bemorlar shikoyat qilmoqda. Vazirlik dorilarni almashtirmayapti.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.