Sodir bo‘lgan voqea - «qonli terakt»,- Putin

Sodir bo‘lgan voqea - «qonli terakt»,- Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi Crocus City Hall konsert zalida yuz bergan voqeani «qonli» va «vahshiy» terakt deb atadi.

«Biz nafaqat ehtiyotkorlik bilan, behayo rejalashtirilgan terrorchilik hujumiga, balki tinch, himoyasiz odamlarning tayyor va uyushtirilgan ommaviy qotilligiga duch kelayotganimiz allaqachon ayon. Jinoyatchilar sovuqqonlik bilan va maqsadli ravishda fashistlar bosib olingan hududlarda qatliomlar uyushtirganidek, fuqarolarimizni, farzandlarimizni o‘ldirishga, aniq masofadan turib o‘qqa tutishga kirishdi», — dedi Putin telemurojaatida.

Putinning qayd etishicha, Rossiya maxsus xizmatlari terrorchilarning sheriklarini aniqlash ustida ishlamoqda, tergov esa teraktning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun hamma narsani qiladi.

«Ushbu jinoyatni tergov qilish va tezkor-qidiruv tadbirlari natijalariga kelsak, hozirda quyidagilarni aytishimiz mumkin. Teraktning to‘rt nafar bevosita aybdori, odamlarni otib o‘ldirganlarning barchasi topilib, qo‘lga olindi. Ular yashirinishga urinib, Ukraina tomon harakatlanishgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular uchun Ukraina tomonida davlat chegarasini kesib o‘tish uchun oyna tayyorlangan. Jami 11 kishi hibsga olindi», — dedi Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!