Sirg‘alida “Matiz” urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

Sirg‘alida “Matiz” urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

Joriy yilning 20 may kuni soat 00:05 larda, Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, TXAY ko‘chasida joylashgan «Mustang» AYOKSh qarshisida haydovchi 1997 y.t. M.M. (erkak) “Matiz” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda N.P.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, piyoda 1952 y.t. N.P. (erkak) og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur xolat yuzasidan Sirg‘ali tumani IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, piyodalar belgilanmagan joylardan kesib o‘tmasliklarini, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!