Sirdaryodagi elektr podstansiya yonib ketdi

Bugun, 2 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi elektr podstansiyada yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 15:25 da Xovos tumani “Mustaqillik” MFYda joylashgan “Milliy elektr tarmoqlar” AJ Sirdaryo hududiy filiali tasarrufidagi “Go‘zal” podstansiyasida qisqa tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
FVBdan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:37 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:55 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)