Sirdaryoda YHXB xodimlari haydovchini kaltaklagani rostmi?

Sirdaryoda YHXB xodimlari haydovchini kaltaklagani rostmi?

Joriy yilning 12 aprel kuni soat 09:50larda, fuqaro K.D Sayxunobod tumani hududida “N” va “S” ismli YHXB xodimlari urganligi holati yuzasidan Sayxunobod tuman Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilganligi to‘g‘risida habar kelib tushgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan o‘rganilganida, Sirdaryo viloyati IIB YHXB katta inspektori katta serjant B.N hamda Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB inspektori safdor X.Y 2021 yilning 11 aprel kunidan 12 aprel kuniga qadar Sayxunobod tumani “O‘rikzor” mahallasi hududida joylashgan “Sayxun” blok postiga sutkalik xizmatga jalb etilib, xizmat kiyimida, hushyor xolatda soat taxminan 20:30larda A-373 avtomobil yo‘lining 58 km.da xizmat olib borayotgan vaqtlarida “Sayxunobod tumani Mustaqillik ko‘chasidan Sayxunobod tumani Ittifoq mahallasi” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan haydovchi K.D boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini tegishli tartibda to‘xtatib, haydovchiga o‘zini tanishtirib, avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi xujjatlarni olib ko‘zdan kechirgan vaqtida, haydovchidan spirtli ichimlik xidi anqib turganligi sababli xodimlar tomonidan haydovchini tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilishgan.

Sirdaryo viloyati narkologiya dispanserining ma’lumotnomasiga ko‘ra, haydovchi K.D “alkogol mastlik holati”da ekanligi ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng, haydovchi K.Dga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchiga tegishli bo‘lgan “VAZ 2106” rusumli avtomashina Sayxunobod tumani hududida joylashgan jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat, Sirdaryo viloyati IIB tomonidan nazoratga olinib, holat yuzasidan mas’ullar tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, tasdiqlangan xizmat tekshiruvi xulosasi yakuniga ko‘ra to‘plangan xujjatlarda fuqaro K.Dning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 40-moddasi (Tuxmat)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomati mavjud bo‘lganligi uchun JIB Sayxunobod tumani sudiga qonuniy chora ko‘rishlik uchun yuborilgan.  

Jinoyat ishlar bo‘yicha Sayxunobod tuman sudi tomonidan huquqbuzar K.Dga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 40-moddasi (Tuxmat)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun bazaviy xisoblash miqdorining 3 (uch) barobari miqdorida yani 735.000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avval xabar berganimizdek, Sirdaryoda haydovchi huquqbuzarlik qilmaganligini, xodimning bodikamerasi yo‘qligini bayon qilib, prokuraturaga ariza yozgandi. Xodimga nisbatan qilingan ushbu tuxmat haydovchini sud zaliga yetaklagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!