Sirdaryoda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganligi tasdiqlandi

Sirdaryoda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganligi tasdiqlandi

Bugun soat 12:05 da Z.Solijonov telegram kanalida Sirdaryo viloyati Sayhunobod tuman kadastr filiali muhandisi S. fuqaro G. ga tumanda shaxsiy uy-joy qurishi uchun 3 sotix yer maydonini auksion orqali olib berishi evaziga 1000 AQSh dollari talab qilganligi, 500 dollarni olganda qo‘lga tushganligi haqida ma’lumot joylandi.

Mazkur holat bo‘yicha Davergeodezkadastr qo‘mitasi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi:

1996 yilda Sayhunobod tumanida tug‘ilgan X.S. 2018 yildan buyon tuman kadastr filiali muhandisi lavozimida faoliyat olib borayotgan bo‘lib, rahbariyat tomonidan korrupsion holatlarni kelib chiqishi oldini olish bo‘yicha olib borayotgan targ‘ibot tashviqot ishlariga qaramasdan fuqaro G.dan 500 dollarni olganda qo‘lga tushgan. 

Hozirda bu bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari T.Abdullayev zudlik bilan Sirdaryo viloyatiga yetib bordi va  bo‘lib o‘tgan holatni o‘rganmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!