Sirdaryoda bankomatdan pul o‘g‘irlagan 2 nafar talaba 4 yilga "kesildi"
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida sodir bo‘lgan. Ikki nafar talaba yigit o‘zaro til biriktirib, tungi vaqtda bankomatdagi pullarni o‘g‘irlashni reja qilgan. Natijada kameraga tushib qolmaslik uchun yuzlarini futbolka bilan berkitib, qo‘llariga qo‘lqop kiyib olgan. Ular tegishli asboblar bilan qurollangan holda bankomatni buzib, ichidagi 177 mln so‘m pullarni o‘g‘irlayotgan vaqtda Mirzaobod tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Mirzaobod tumani sudida ko‘rib chiqildi. Bu haqda "Bu kun" dasturi xabar qildi.
Sud hukmiga ko‘ra, 2 nafar talaba yigit JKning 169- moddasi tegishli qismlari bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.