Sirdaryo tumanida fuqaroning 280 mln so‘mini qo‘lga kiritgan fermer xo‘jaligi rahbari aniqlandi

Sirdaryo tumanida fuqaroning 280 mln so‘mini qo‘lga kiritgan fermer xo‘jaligi rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.M.” fermer xo‘jaligi rahbari B.O‘. xo‘jalikning “Paxtachilik va g‘allachilik” uchun ajratilgan 94,9 gektar yer maydonida sholi ekish va ijaraga berishga vakolati bo‘lmasada, aldov yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 60 gektar yer maydonini “Sholi” ekish uchun fuqaro I.D.ga ijaraga berishga kelishib, yozma tilxat asosida 280 mln so‘m naqd pulini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!