Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi 2024 yilda Ekologiya vazirligi (hozirgi Ekologiya qo‘mitasi) Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tarkibida tashkil etilgan.

Bugungi kunda bo‘lim davlat inspektorlari tomonidan Sirdaryo daryosining 176 km va Chirchiq daryosining 154 km qismida kecha-yu kunduz ekologik reyd tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Ekologik nazorat samaradorligini oshirish va moddiy bazasini mustahkamlash maqsadida Ekologiya qo‘mitasi tomonidan davlat inspektorlari 2 ta yo‘ltanlamas avtotransport, 2 ta motorli qayiq, bodikameralar, tungi yoritish moslamalari, elektroshokerlar, GPS uskunalar, maxsus planshetlar, uchuvchisiz uchish apparati (dron) bilan ta’minlandi.

Shu davr mobaynida bo‘lim tomonidan 100 dan ortiq reyd tadbirlari o‘tkazilib, ekologik qonunchilik talablarini buzgan 53 nafar shaxs aniqlangan.

Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha 32 nafar shaxsga nisbatan jami 125 mln so‘m jarima hamda 113 mln so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan. Shuningdek, 100,8 mln so‘m mablag‘ undirib olingan.

Reydlar davomida huquqbuzarlardan 44 dona hayvon va parrandalar olib qo‘yilib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan. Shu bilan birga, 128 kg baliq, 340 metr leskali to‘r hamda 10 dan ortiq noqonuniy ov qilish vositalari (elektroqarmaqlar) musodara qilingan.

Bundan tashqari, jami 52,1 mlrd so‘mlik tabiatga yetkazilgan zarar bilan bog‘liq 17 ta jinoiy ish materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Jinoiy sudlar tomonidan 2 ta holatda jami 6 nafar fuqaroga nisbatan brakonyerlik, ya’ni elektr qarmoq yordamida noqonuniy baliq ovlash holatlari bo‘yicha sud hukmlari o‘qilib, aybdor shaxslar ozodlikdan mahrum etilgan va 13 ta holat yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2025 yil 18 noyabrdagi 343-sonli qaroriga muvofiq, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolisiya) to‘g‘risida Nizomi qabul qilindi. Bunga ko‘ra endilikda Ekopolisiya tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablarining buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish bo‘yicha ta’sirchan choralarni qo‘llash sohasida vakolatli organ deb tasdiqlandi.

Bundan tashqari, mazkur Nizomga ko‘ra, Ekopolisiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar (elektroshoker qurilmalarini) va xizmat qurolini qo‘llash huquqi berilib, o‘z xizmat vazifalarini bodikameralar yordamida amalga oshirishi belgilandi.

Ayni damda Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir, xususan, brakonyerlik holatlariga qarshi kurashish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Jamoatchilik vakillarini, yurtdoshlarimiznj ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga qat’iy ravishda rioya qilishga hamda jamoatchilik va fuqarolarni brakonyerlik holatlari bilan bog‘liq holatlarni aniqlashda hamkorlikka chaqirib qolamiz.

Ayni paytda Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi tomonidan noqonuniy ov va brakonyerlikka qarshi tunu-kun murosasiz kurash asosiy vazifa sifatida belgilangan.

Shu bilan birga, aholi o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar! Atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan, hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarga guvoh bo‘lganingizda, bu haqda Ekologiya milliy qo‘mitasining qisqa 1157 raqamiga yoki esosontroluz_bot ga murojaat qilishingizni so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Rossiyaning “taslim bo‘lish” taklifi haqida ma’lum qilindi

РИА Новости хабарига кўра, Россиянинг ЕХҲТ (YXHT)даги доимий вакили вазифасини бажарувчи Максим Буякевич Европа мамлакатларидан келаётган шундай чақириқлар ҳақида маълум қилди.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Elmurod Haqnazarov braziliyalik raqibidan ustun keldi

Қозоғистоннинг Олмота шаҳрида "Alash Pride 115" турнири бўлиб ўтди.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

"Zaxiramizda boshqa Shomurodov, Yusupov va Husanov yo‘q!"

Ўзбекистон миллий терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Рауф Инилеев Жаҳон чемпионати олдидан терманинг имкониятлари, барқарорлик ва асосий футболчилар соғлиғининг аҳамияти ҳақида фикр билдирди.

Abduqodir Husanov «Real»da o‘ynashga yaqin turibdi

«Реал Мадрид» Ўзбекистон ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Хусановга қизиқиш билдирмоқда, деб хабар берди Fichajes.net нашри.

Rossiya darhol harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor,

АҚШ сайловларига Россия томонидан ҳеч қандай аралашув бўлмаган, лекин Европа сиёсий элиталари бунга тўғридан-тўғри ва очиқчасига аралашди

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

Moskvada yana bir general o‘ldirildi

Россия Қуролли Кучлари Бош штаби бошқармаси бошлиғи генерал-лейтенант Фанил Сарваровга суиқасд уюштирилди.

Kolumbiya prezidenti AQSh va Tramp haqida keskin fikr bildirdi

Худди шундай, Калифорния ва АҚШнинг бутун жанубий қисми ҳам шу тарзда қўлга киритилган.

Ilhom Aliyev Vladimir Putin tomonidan tashkillashtirilgan sammitga borishni rad etdi

Бу ҳақда президент администрациясига таяниб AzerTAJ хабар берди.

Kutilmaganda Vinisius Dubayga uchib ketdi

"Севилья"га қарши (2:0) ўйинда ҳужумчи 83-дақиқада алмаштирилди ва мухлислар реакцияси кескин бўлди

Rossiya sobiq SSSRning Yevropa qismidagi hududlarini qaytadan egallashni istaydi(mi)?

Дмитрий Песковнинг таъкидлашича, бундай ҳисоботлар мавжудлиги ҳақидаги маълумотлар қанчалик ишончли экани номаълум.

Turkiya parlamentida ham mushtlashuv yuz berdi

Шунга қарамай, ҳукмрон партия томонидан илгари сурилган 2026 йил бюджети тўғрисидаги қонун лойиҳаси қабул қилинган.

Indoneziyada avtobus ishtirokidagi yirik YTHda 16 kishi halok bo‘ldi

Индонезиянинг Марказий Ява вилоятида автобус иштирокида содир бўлган йирик йўл-транспорт ҳодисасида камида 16 киши ҳалок бўлди, кўплаб йўловчилар жароҳат олди.

Meksikada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ҳайдовчи руль бошқарувини йўқотиши оқибатида ичида ишчилар бўлган автобус ағдарилиб кетган. Ҳайдовчи эса ишчиларни ташлаб, воқеа жойидан қочиб кетган.

JARda ommaviy otishmada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Жанубий Африка Республикасининг Гаутенг вилоятида жойлашган кўнгилочар масканга уюштирилган қуролли ҳужум оқибатида 9 киши ҳалок бўлди, яна 10 нафар яраланди.

Rossiyada gripp Adan keyin ommaviy ko‘z ko‘rish muammolari qayd etilmoqda

Тиббиёт ходимлари гриппдан кейин пайдо бўладиган бундай аломатларга жиддий эътибор беришга чақирмоқда.

Peskov: Reuters yolg‘on tarqatmoqda — Rossiya butun Ukrainani egallashni maqsad qilmagan

Кремль матбуот котиби Дмитрий Песков Reuters агентлиги хабарига изоҳ бериб, Россия бутун Украина ҳудудига даъво қилмаётганини билдирди.

Shol bo‘lib qolgan ayol fazoni zabt etdi

Аэрокосмик техника ва мехатроника муҳандиси, 33 ёшли Микаэла Бентҳаус (Германия) Blue Origin компаниясининг New Shepard кемасида фазога парвоз қилди.

NATO bosh kotibi Rossiya tinchlik kelishuvini buzgan taqdirda, Yevropa davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi

Марк Рютте бу ҳақда Bild нашрига берган интервюсида маълум қилди.

Isroil hukumati Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yana 19 ta yahudiylar aholi punkti qurishni ma’qulladi

Бу ҳақда Исроил молия вазири, ўта ўнг қарашли “Диний сионизм” партияси раҳбари Бецалел Смотричнинг идораси хабар берди.

Berlinda Falastinni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Германия пойтахти Берлин шаҳрида Фаластинни қўллаб-қувватлашга бағишланган намойиш ўтказилди.

Stokgolmda masjidga nisbatan vandallik harakati sodir etildi

Бу ҳақда диний муассаса раҳбарияти маълум қилди.

Ilon Maskning boyligi 749 mlrd dollarga yetdi

Америкалик тадбиркор Илон Маск бойлиги 700 млрд доллардан ошган тарихдаги биринчи инсон бўлди, деб хабар берди Forbes журнали.

JAR va jinoyatchilik: mamlakatda har kuni 60 kishi qurbon bo‘lmoqda

Жанубий Африка Республикасидаги отишмада ўн киши ҳалок бўлди.

Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashdi, 3 kishi halok bo‘ldi

Шунингдек, Labo машинасида йўловчи сифатида келаётган 27 ёшли А.Е. ўнг елка суяги ёпиқ синиши ташхиси билан шифохонага ётқизилган.

Isroil zarbasi oqibatida G‘azodagi boshpanadan 6 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Ғазо шаҳрининг шарқидаги Ат-Туффоҳ маҳалласида жойлашган вақтинчалик бошпанада Исроил армияси томонидан берилган артиллерия зарбаси оқибатида 6 нафар фаластинлик, жумладан бир аёл ҳалок бўлди. Яна 5 киши яраланди.

G‘azo aholisining to‘rtdan uch qismi ocharchilik girdobida qoldi

БМТ Бош котиби Антониу Гутерреш ўзининг матбуот хизмати орқали Ғазо сектори аҳолисининг тўртдан уч қисмидан кўпроғи озиқ-овқат етишмовчилиги хавфи остида эканлигини маълум қилди.

Rossiya uch nafar o‘zbekistonlik mahkumni terrorga urinishda ayblayapti

Россия Федерал хавфсизлик хизмати (ФХХ) Ростов вилояти бошқармаси жазони ижро этиш колониясида уч нафар Ўзбекистон фуқароси томонидан «режалаштирилган теракт»нинг олди олинганини маълум қилди.

AQSh Suriyaga hujum qildi

Бу ҳужумлар Суриянинг марказий қисмида содир этилган террорчилик ҳужумида икки нафар АҚШ армияси аскари ва бир АҚШ фуқароси ҳалок бўлгани ортидан Доналд Трампнинг жавоб зарбаси ҳисобланади.

Tojikistondan olib kirilgan 100 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Самарқанд ва Сурхондарё вилоятларида гиёҳвандлик воситаларининг буюртмачиси ва етказиб берувчилари аниқланиб, қамоққа олинди.

Belgiyadagi muzeydan Napoleonning uzugi va qimmatbaho tangalar o‘g‘irlab ketildi — RTBF

Телеканалнинг хабар беришича, ​17 декабрдан 18 декабрга ўтар кечаси Белгиянинг Женап шаҳридаги “Наполеоннинг сўнгги қароргоҳи” музейи талон-торож қилинган.