Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maxsus vakil Boris Titov ma’lum qildi.
Titov Hindiston ishchi kuchi Rossiya iqtisodiyotidagi kadrlar tanqisligini to‘ldirish uchun asosiy resurslardan biri sifatida ko‘rilayotganini bildirgan. Uning keltirishicha, so‘nggi yillarda hindistonlik mutaxassislarga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshgan: 2022 yilda Hindiston fuqarolariga Rossiyada ishlash uchun qariyb 8 mingta ruxsatnoma berilgan bo‘lsa, 2024 yilda esa 36 mingga yetgan. 2025 yil uchun Rossiya hukumati vizali davlatlar uchun umumiy kvotani qariyb 235 ming ish o‘rniga belgilagan, shundan taxminan 30 foizi – 71,8 ming o‘rin aynan Hindiston fuqarolari uchun ajratilgan.
Dekabr boshida Vladimir Putinning Hindistonga tashrifi chog‘ida tomonlar ishchi kuchi masalasida kelishuv imzolagan. Ushbu kelishuv Hindiston fuqarolarini Rossiyaga ishga jalb qilishni soddalashtirishga qaratilgan. Bungacha Hindistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli Nilam Rani kelajakda Rossiyaga 400 ming nafargacha hindistonlik mehnat migrantlari yuborilishi mumkinligini aytgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
“Манчестер Сити” раҳбарияти жамоанинг ўнг қанот ҳимоясига барибир янги ижрочи олиш керак, деган хулосага қайтди. Айни пайтда клуб скаутлар бир неча номзодни кузатув остига олган.
Нашр маълумотларига кўра, Исроил Мудофаа кучлари (ЦАХАЛ) март ойида Ғазода ҳарбий операция ўтказиш режасини ишлаб чиққан, аммо уни фақат Қўшма Штатларнинг розилиги билан амалга ошириш мумкин.
АҚШ президенти Доналд Трамп жума куни мамлакатдаги энг йирик нефт компаниялари раҳбарларини Венесуэла нефт саноатига сармоя киритишга чақирди. Бу чақириқ Қўшма Штатлар томонидан Венесуэла президенти Николас Мадуронинг қўлга олинишидан бир ҳафта ўтиб янгради.