Singapur havo yo‘llari xodimlariga 8 oylik ish haqi miqdorida bonus beradi

Singapur havo yo‘llari xodimlariga 8 oylik ish haqi miqdorida bonus beradi

Singapore Airlines o‘zining 76 yillik tarixidagi eng yuqori daromadni qayd etgani munosabati bilan, ba’zi xodimlarga 8 oylik ish haqi miqdorida katta bonus to‘lamoqchi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Imtiyozga ega xodimlar Singapore Airlines kompaniyasining oxirgi moliyaviy yildagi rekord daromadi asosida 6,65 oylik miqdoridagi bonus oladilar.Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning 2022-yilgi sof daromadi 1,6 milliard dollarni tashkil etgan.

Bundan tashqari, kompaniyada oxirgi uch yilning har biri uchun qo‘shimcha yarim oylik ish haqi ham mavjud bo‘lib, ularni ham qo‘shib 1,5 oylik ish haqini bonus sifatida oladi.

“Bunday hushxabar xodimlarimizning sadoqatli xizmati, mashaqqatli mehnati va fidoyiliklari, shu jumladan pandemiya davrida ish haqi kamaytirilgani uchun", dedi kompaniya matbuot kotibi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!