Silk Avia milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga kelib qo‘ndi

Silk Avia milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga kelib qo‘ndi

Bugun, 21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:30 da “Silk Avia” mintaqaviy milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkent xalqaro ayeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

An’anaga ko‘ra havo kemasi tantanali ravishda suv arkasi, ekipaj a’zolari karnay-surnay sadolari ostida gular bilan kutib olindi.

Yo‘lovchi sig‘imi 70 kishilik ATR 72-600 samolyoti dunyodagi eng mashhur qisqa masofaga uchuvchi samolyotlardan biri hisoblanadi. Airbus A320 ga nisbatan to‘rt baravar kam yoqilg‘i sarflaydigan xavfsiz va tejamkor, arzon samolyot yo‘lovchilarga hamyonbop narxda ishonchlilik va qulaylikni taqdim etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!