Shveysariya tinchlik sammiti ishtirokchilari sonini ma’lum qildi

Shveysariya tinchlik sammiti ishtirokchilari sonini ma’lum qildi

Deyarli 90 ga yaqin davlat va tashkilotlar dam olish kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etishini tasdiqladi. Rossiya va Xitoy umuman qatnashmaydi. Bu haqda AP xabar berdi.

Sammit Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy takliflariga bag‘ishlanadi. Rossiya esa bu takliflarni qabul qilmoqchi emas, shu tufayli qatnashmasligini ma’lum qilgan.

Shveysariya prezidenti Viola Amherd sammitning maqsadi Ukrainada tinchlik o‘rnatish yo‘lini belgilash ekanini aytdi.

«Bu tashviqot haqida emas. Bu Shveysariya tomonidan ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordamining asosi haqida. Bu yordam tinchlikni targ‘ib qilish va muloqotni boshlash uchun platforma yaratishga asoslangan», dedi Amherd.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sammitda qatnashayotgan davlatlarning aksariyati rahbarlari kelsa, qolganlari hukumat rahbarlarini jo‘natadi. Xususan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols ishtirok etishi kutilmoqda.

Tinchlik sammitida nafaqat Rossiya, balki Xitoy vakili ham ishtirok etmaydi. AQSh tomonidan faqat vise-prezident qatnashadi.

Shuningdek, sammitda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ham ishtirok etmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!