Shvesiya sudi Rossiyaning "soya floti"ga tegishli "Caffa" yuk kemasini Ukrainaga topshirish haqida qaror chiqardi
Bu haqda Reuters agentligi prokuror Hakan Larssonga tayanib xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shvesiya sudi kemaning hibsga olinishi va hokimiyat organlarining boshqa harakatlari qonuniy bo‘lganini hamda quruq yuk tashuvchi kema Ukrainaga topshirilishi mumkinligini tasdiqlagan.
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ushbu kema Rossiyaning "soya floti" tarkibiga kirishini ma’lum qildi.
"Ushbu tarixiy qaror muhim namuna yaratadi. U huquqni muhofaza qiluvchi organlar va prokuraturaning qat’iy harakatlari Mustaqil hamda xolis sud tizimi bilan uyg‘unlashganda, javobgarlik tamoyilini muayyan natijalarga aylantirish mumkinligini ko‘rsatadi", – deya ta’kidladi u.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya tomonidan egallangan Ukraina hududlaridan mol-mulkni o‘zlashtirish va olib chiqib ketish bilan bog‘liq harbiy jinoyatlarni tergov qilish doirasida kemani o‘ziga topshirishni talab qilgan edi.
