Shvesiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishi kutilmoqda

Shvesiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishi kutilmoqda

Shvesiya 17 may kuni NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishi kutilmoqda. Bu haqda Svenska Dagbladet gazetasi yakshanba kuni o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, ariza yuborish sanasi Finlyandiyaning o‘sha vaqtgacha qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qilish vaqti bor-yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi. Finlyandiya ekspertlarining fikricha, Suomi parlamentida alyansga a’zolik masalasi bo‘yicha dushanba kuniga rejalashtirilgan muhokamalar kechiktirilishi mumkin.

Rejaga ko‘ra, ikki shimoliy davlat Bryusselga hujjatlarni bir vaqtning o‘zida jo‘natmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!