Sho‘rchi va Denov tumanlarida iste’molga yaroqsiz alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan do‘konlar fosh etildi

Sho‘rchi va Denov tumanlarida iste’molga yaroqsiz alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan do‘konlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sho‘rchi tumanida faoliyat yurituvchi “J.A.” oilaviy korxonasi sotuvchisi SH.E. fuqaro T.A.ga qalbaki aksiz markali 200 dona “V10” nomli alkogol mahsulotini 4,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, korxona omborxonasida sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan jami 2 968 dona qalbaki aksiz markali alkogolli mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezor tadbirda “J.M.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘konida 1 278 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 250 quti aksiz markasiz tamaki mahsuloti savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!