Shukurullo Isroilov 22 yil avval mast holdagi milisiya xodimini urib yuborgani haqida so‘zlab berdi

Shukurullo Isroilov 22 yil avval mast holdagi milisiya xodimini urib yuborgani haqida so‘zlab berdi

Taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilov «Sevimli» telekanalining «Mashhurlar» ko‘rsatuvida 22 yil avval milisiya xodimini mashinasida urib yuborgani, hodisa oqibatida jabrlanuvchi vafot etgani haqida so‘zlab berdi.

«1999 yili mashinada kelayotganimda mast holatdagi milisiya xodimi yo‘limga chiqib ketib, urilib, aylanib, boshi bilan tushgan asfaltga. Darhol mashinaga ortib, kasalxonaga olib borganman. O‘sha yerda vafot etgan. Endi bu falokat, hech kim ko‘chaga o‘laman deb chiqmaydi. Uning aybi ichganida bo‘lgan. Kelayotganimda chayqalib, yo‘limga chiqib ketib qolgan. Endi taqdiri shunaqa ekan. Uning ayoliga qaraganman, ular asli viloyatdan bo‘lgan. Toshkentga propiska qilib berganman, uy olib berganman. Tashlab qo‘ymaganman. Bolalari katta bo‘lib qoldi hozir. Shu paytgacha boqib, rozi-rizolik qilganmiz», — deydi so‘z ustasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!