Shri-Lankada inflyasiya darajasi 70 foizgacha ko‘tarildi

A A A
Shri-Lankada inflyasiya darajasi 70 foizgacha ko‘tarildi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, oziq-ovqat narxlari o‘tgan yilga nisbatan 84,6 foizga oshgan.

22 million aholisi bo‘lgan Janubiy Osiyo davlati bu yil chet el valyutalari taqchilligi tufayli moliyaviy muammolarga duchor bo‘ldi.

Bir necha o‘n yillardan buyon iqtisodiy inqiroz bilan kurashib kelayotgan Shri-Lankada yillik inflasiya darajasi avgust oyida 70 foizdan oshdi.

Mamlakat asosan yoqilg‘i, o‘g‘it va dori-darmonlarni sotib olishga qodir emas.

O‘tgan hafta e’lon qilingan rasmiy raqamlar avgust oyining oxirigacha vaqt ichida iqtisodiyot 8,4 foizga qisqarganini ko‘rsatdi.

Pandemiyadan oldin esa Shri-Lanka turizmdan chet el valyutalari va AQSh dollariga bog‘liq edi.

Biroq, chegaralarning yopilishi sayyohlarni uzoqlashtirdi va mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi.

Avvalroq, Hindiston Shri-Lankaga deyarli 4 milliard dollar moliyaviy yordam bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!