Shoygu Putinga axborot berdi

Shoygu Putinga axborot berdi

Mudofaa vaziri Shoygu Putinga LXR to‘liq ozod qilingani haqida axborot berdi.

Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Lugansk xalq respublikasi hududi ozod qilingani haqida axborot berdi.

“Bugun, 2022 yil 3-iyul kuni Rossiya Federasiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari Oliy qo‘mondoni Vladimir Putinga Lugansk Xalq Respublikasi to‘liq ozod qilingani to‘g‘risida axborot berdi”, — deyilgan MV xabarida.

Kuni kecha Rossiya harbiylari va LXR xalq milisiyasi jangchilaridan iborat ittifoqchi kuchlar Ukraina xavfsizlik kuchlari nazorati ostida bo‘lgan sobiq Lugansk viloyatining oxirgi shahri Lisichanskni qurshab oldi.

O‘tgan kun davomida ozod qilingan hududlarning umumiy maydoni 182 kvadrat kilometrni tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!